Bizning missiya — yo‘lovchilar va haydovchilarning o‘zaro aloqasini muntazam ravishda yaxshilash, odamlarga o‘z maqsadlari sari harakat qilishda yordam berish.

2003-yildan beri biz taksi buyurtma qilish bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni yaratamiz, ular taksi xizmatini yanada zamonaviyroq, hammaboproq va xavfsizroq qiladi. Ham megapolislar, ham kichik shaharlarning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, biz yo‘lovchilarga har qanday qulay usul bilan taksi buyurtma qilish, haydovchilarga esa yo‘lovchilarni qidirish va tashish jarayonlarini qulaylashtirib, bo‘sh yurish va bekor turib qolishni kamaytirish imkoniyatini beramiz.

Kompaniya tarixi Uralning Shadrinsk shaharchasidagi kichik taksi xizmatidan boshlangan. Kompaniyaga Kurgan shahridan yosh muhandislar — texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassislar asos solgan.

Kompaniya asoschilari o‘zlarining shaxsiy avtomobillarida taklif qilingan haydovchilar bilan birga taksichi bo‘lib ishlagan.

Ular buyurtmalar bilan ishlashni maksimal darajada avtomatlashtirib, taksi xizmatini ommalashtirmoqchi bo‘ldi.

Kompaniya ishini muntazam takomillashtirish yo‘li asoschilarni mehnat taqsimotiga olib keldi. Har bir kishi o‘z ishini bajarishi kerak: kimdir zamonaviy aloqa markazlarini qurib, operatorlarni o‘qitishi, kimdir esa — dasturiy mahsulotlarni yaratib, texnik ko‘mak ko‘rsatishi, yana kimdir — yo‘lovchi va tashuvchilarni jalb qilishi, qolganlar — tashish bilan shug‘ullanishi kerak. Hozirda xizmatlarni ko‘rsatish uchun xilma-xil bilim sohalaridagi mutaxassislar jamoalari birgalikda ishlaydi.

Ilk olti yil ichida to‘rtta shaharda ish yo‘lga qo‘yildi, samarali biznes-jarayonlar tashkil etildi va o‘zaro manfaatli hamkorlik an’analari ishlab chiqildi, ular kompaniyaning yanada kengayishini ta’minladi. Shu tariqa, 2009-yilda biz bir yo‘la yettita yangi shaharda, 2010-yilda esa 17 ta shaharda bo‘linmalarimizni ochdik, so‘ng o‘sish sur’atlari yiliga 22 ta shahargacha yetdi!

Har bir shaharda biz haydovchilarga ish beramiz, raqobatni kuchaytiramiz, soliqlar to‘laymiz, odamlar va iqtisodiyotning farovonligi uchun ishlaymiz.

Bizning intilishlarimiz va tajribamiz tufayli kuchli dasturiy-apparat kompleksi ishlab chiqilganidan faxrlanamiz, u xizmatning faoliyat yuritishini ta’minlaydi va biznesni uddaburonlik bilan boshqarish uchun batafsil analitikani taqdim etadi. Bizning talablarimiz asosida operatorlarni kasbiy o‘qitish tizimi ishlab chiqildi. Hozirda kecha-kunduz telefon, saytimiz va “Maxim: taksi buyurtma qilish” ilovasi orqali kelib tushadigan juda ko‘p sonli buyurtmalarni yo‘lovchi va yuk tashish uchun buyurtmalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik ixtisoslashgan aloqa markazi qabul qiladi. Shuningdek, u “Taxsee driver” ilovasi orqali buyurtmalar bilan ishlaydigan haydovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

2014-yildan biz Rossiya Federatsiyasidan tashqarida ishlashni boshladik va Ukraina, Qozog‘iston, Gruziya, Bolgariya, Tojikiston, Belarus, Ozarbayjon, Italiyada bo‘linmalarimizni ochdik. Biz xalqaro miqyosdagi kompaniyaga aylandik.

Biz global brendga aylanishga intilmoqdamiz, toki, bizning mijozlarimiz turli shaharlar va mamlakatlarda sayohat qilayotib, hamma joyda “Maxim” xizmatidan foydalansin.

Biz jahon bozori yetakchilari bilan tengma-teng tarzda texnologiyalar va biznes barpo etishdan mamnunmiz.

Yo‘lga chiqish vaqti keldi!